AsosiyShou-biznes

Kinoteatrlarimizda «Nuh» filmini namoyish etish uchun hech kimga ruxsat berilmagan

Toshkent kinoteatrlarida rejissyor Darren Aronofskining «Nuh» filmi namoyishlari to`xtatildi.

Film namoyishi rejalashtirilgan Asia va Mega Cinema kinoteatrlari ushbu film namoyish etilmayotganini ma`lum qilgan bo`lsa, Grand Cinema kinoteatri vakili film namoyishi bekor qilinganini bildirdi, deya xabar beradi Kun.uz nashri.

Nashrning «O`zbekkino» milliy agentligi matbuot kotibi Faxriddin Nizomovning ma`luotlariga asoslanib xabar berishicha, shu kungacha hali hech kim ushbu film namoyishi uchun tavsiya so`rab agentlikka murojaat qilmagan. Tegishli hujjatsiz esa u yoki bu filmni namoyish etganlik uchun javobgarlik amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan.

Shuningdek, yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilishi rejalashtirilgan har bir xorijiy film O`zbekistonga olib kirilgunga qadar «O`zbekkino» ekspert komissiyasiga taqdim etilishi shart. «O`zbekkino» esa  ushbu film uchun tegishli tavsiya berganidan so`ng uni katta ekranlarda namoyish etish mumkin, deya izohladi nashr «O`zbekkino» lisenziyalash bo`limi xodimiga asoslanib.

    Boshqa yangiliklar