AsosiyJamiyat

“ISTIQLOL” SAN`AT SAROYIDA 24 NAFAR YoShGA O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQI MUKOFOTI TOPShIRILDI

'“ISTIQLOL” SAN`AT SAROYIDA 24 NAFAR YoShGA O`ZBEKISTON YoShLAR ITTIFOQI MUKOFOTI TOPShIRILDI'ning rasmi

Yoshlik umr bahori. Yoshlikdagi ba`zi voqea-hodisalar, jarayonlar kishi hayotiga uzoq muddat, ba`zida bir umrga ta`sir ko`rsatishi, qaysidir ma`noda uning kelajagini belgilovchi muhim omilga aylanishi mumkin.

25 dekabr poytaxtimizdagi “Istiqlol” san`at saroyida jam bo`lgan yigit-qizlarning hayotida ham ana shunday unutilmas kun. Mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo`shib kelayotgan bir guruh yoshlar O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti bilan taqdirlandi, deya ma`lum qildi O`zA.

11.JPG

Mazkur mukofot uchun davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot va qishloq xo`jaligi, fan-ta`lim va ijtimoiy soha, san`at madaniyat, jurnalistika va sport sohasida 24 nominasiya bo`yicha g`oliblar saralandi. Har bir sovrindorga eng kam ish haqining 30 baravari miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.

14.JPG

Mukofotga vazirlik, idora va tashkilotlar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hududiy hokimliklar tomonidan barcha nominasiyalar bo`yicha etti yuzga yaqin nomzod tavsiya etildi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi qoshidagi ekspertlar komissiyasi tomonidan nomzodlarning hujjatlari o`rganilib, 70 nafar yigit-qiz saralab olindi.

25.JPG

Har bir nominasiya bo`yicha saralangan 3 nafar nomzod to`g`risidagi ma`lumotlar O`zbekiston yoshlar ittifoqining www.yi.uz internet sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirib, ularga keng jamoatchilik va yoshlar tomonidan ochiq ovoz berildi.

4.JPG

– Yurtimizda tashabbuskor, qobiliyatli, bilim va mahoratli yoshlar juda ko`p, – deydi “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominasiyasi g`olibi, toshkentlik Iforaxon Murodova. – Bu mukofotni menga bildirilgan yuksak ishonch, mas`uliyat deb bilaman. Kelajakda samarali ishlarim bilan bu ishonchni oqlashga, xalqimiz, yurtimiz uchun xizmat qilishga va`da beraman.

29.JPG

Eslatib o`tamiz, Prezidentimiz farmoni bilan bungacha 37 nafar yosh “Do`stlik” ordeni va “Shuhrat” medali, O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi qarori bilan 40 nafar yigit-qiz “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlangandi.




    Boshqa yangiliklar