AsosiyJamiyat

XUSUSIY BOG`ChA VA MAKTABLAR 2021 YIL 1 YaNVARGAChA SOLIQ VA DAVLAT MAQSADLI JAMG`ARMASIGA MAJBURIY TO`LOVLARDAN OZOD QILINDI

'XUSUSIY BOG`ChA VA MAKTABLAR 2021 YIL 1 YaNVARGAChA SOLIQ VA DAVLAT MAQSADLI JAMG`ARMASIGA MAJBURIY TO`LOVLARDAN OZOD QILINDI'ning rasmi

O`zbekistonda maktabgacha va umumiy o`rta ta`lim sohasida nodavlat ta`lim sohasi bilan shug`ullanadigan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvargacha soliq va davlat maqsadli jamg`armasiga majburiy to`lovlardan hamda mehnat shartnomasi asosida jalb etilgan xorijiy o`qituvchilarning oylik ish haqidan yagona ijtimoiy to`lov to`lashdan ozod etildi.

O`zbekiston Respublikasi davlat soliq qo`mitasining rasmiy veb-saytida ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarida investisiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan «nol» qiymatda bino berish belgilab qo`yilgan.

Xususiy investorning o`ziga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalarining 2023 yil 1 yanvargacha foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to`lovning 50 foizi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan to`lanish tartibi joriy qilindi.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 3 ta nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyat yuritgan bo`lsa, bunday imkoniyatlar yaratilgandan keyin xususiy bog`cha ochish istagini bildirganlar soni 100 dan oshgan.

    Boshqa yangiliklar