Boshqirdistonning Ufa shahridagi maktablardan birida ishlovchi o`qituvchi ayol tuqqan bolasini sumkaga yashirdi, oqibatda bola vafot etdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Ko`p qon yo`qotgan ayolni tez yordam mashinasi kasalxonaga etkazdi. U kasalxonada bo`lib o`tgan voqeani gapirib berdi. Vrachlar uning sumkasidan chaqaloq jasadini topishdi.
Nashrning xabar berishicha, ayolning uch farzandi bo`lgan. To`rtinchi homiladorligi vaqtida noma`lum sabablarga ko`ra, ginekolog hisobida turmagan. Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda. Ayolning aytishicha, bola o`lik tug`ilgan. Voqeaga oydinlik kiritilmoqda.






