General Motors 1,5 millionga yaqin avtomobilni qaytarib oladi

Dunyo 29.03.2014, 12:04
General Motors 1,5 millionga yaqin avtomobilni qaytarib oladi

AQShning General Motors korporasiyasi o`t oldirish tizimidagi nosozlik tufayli sotilgan 971 ming avtomobilni qaytarib olishini ma`lum qildi.  2014 yilning fevral oyidan boshlangan ushbu dasturda endi umumiy qaytarib olinadigan avtomobillar soni 1,5 millionga etdi.  Bu haqda Reyter axborot agentligi xabar bermoqda.

Ushbu dasturga ko`ra,  2008-2011 yillar davomida ishlab chiqarilgan Chevrolet Cobalt, Chevrolet HHR, Pontiac G5, Pontiac Solstice, Saturn, ION, Saturn Sky avtomobillari qaytarib olinadi. 2011 yildan keyingi ishlab chiqarilgan avtomobillarda yuqorida ko`rsatilgan nosozlik qayd etilmagan.   

Muammo shundaki, nosozlik sababli mashinalar kuchli silkinishi bilan yo`lda dvigateli o`chib, oqibatda esa mashinaning havfsizlik yostiqchasi ham ishdan chiqmoqda. 

Tahminan, yuqorida aytilgan nosozlik sababli YTH oqibatida 12 kishi halok bo`lgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1