Joriy yilning 23 dekabr kuni Samarqand shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo`lib o`tdi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo`ldoshev, O`zbekiston Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, viloyat hokimi T.Jo`raev va boshqalar Prezidentimizning alohida e`tibori tufayli profilaktika inspektorlarining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun barcha sharoitlar yaratilib, davlatimiz tomonidan keng imtiyozlar berilayotganligini ta`kidlab, profilaktika inspektorlarini tantanali marosim bilan qutladilar.
Marosimda 409 nafar profilaktika inspektori tantanali qasamyod qabul qildi. Ularga zamonaviy xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalar kalitlari topshirildi.








