1

TOShKENT AEROPORTIDA O`Q-DORI OLIB O`TIShGA URINGAN ShAXSLAR QO`LGA OLINDI

Jinoyat 27.12.2017, 14:48
TOShKENT AEROPORTIDA O`Q-DORI OLIB O`TIShGA URINGAN ShAXSLAR QO`LGA OLINDI

Toshkent aeroportida Aviasiya xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda havo yo`llari orqali o`q-dorilarning noqonuniy olib o`tilishiga doir urinishlar fosh qilindi. Bu haqda O`zbekiston Bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Tel-Avivga parvozi oldidan xorijiy shaxs F.Baxromovaga tegishli ryukzak ko`zdan kechirilganda, uning 1 dona 5,45 mm. kalibrdagi patronni olib chiqishga uringani fosh bo`ldi.

"Toshkent-Seul" reysi bo`yicha parvozga otlangan O.Aleksey ismli shaxs ham 1 dona 5,45 mm. va 1 dona 9 mm.kalibrdagi patronlarni yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilmasdan turib, olib chiqishga uringan paytda to`xtatib qolindi.

Surishtiruvlar davomida u egnidagi kurtkasining cho`ntagidan topilgan patronlarning qaerdan kelib qolganligini go`yoki bilmasligini ta`kidladi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan, kontrabanda, ya`ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklarasiyasiz o`q-dorilarni O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o`tkazish besh yildan o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1