Britaniyaning Skytrax kompaniyasi talqini bo`yicha “Toshkent” xalqaro aeroporti Rossiya va MDHning eng yaxshi aeroportlari o`ntaligidan joy oldi.
Ushbu reytingda “Toshkent” to`qqizinchi pog`onadan o`rin egalladi, deya xabar beradi UzDaily.uz nashri. Ushbu reytingda Toshkent aeroportini Domodedovo, Sheremetevo, “Kazan”, Vnukovo (Rossiya), Ostona va Olmota (Qozog`iston), Minsk milliy aeroporti (Belarus) va Bokudagi Geydar Aliev nomidagi (Ozarbayjon) aeroportlari ortda qoldirdi.
Skytrax xususiy konsalting kompaniyasi aviakompaniya va aeroportlar xizmatlari sifatini o`rganishga ixtisoslashtirilgan.
Skytrax World Airport Awards aeroportlarning o`zida o`tkazilgan so`rovnomalar asosida o`tkaziladi. Respondentlar 39 ta yo`nalish bo`yicha u yoki bu aeroportga baho berishadi.
Bu yil yo`lovchilar o`rtasidagi so`rovnoma dunyoning 410 aeroportida 12 mln kishi o`rtasida o`tkazildi.





