O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi hukumatlari o`rtasida 2017 yil 28 iyul kuni Bishkek shahrida imzolangan “Qirg`izistonning O`sh shahrida umumta`lim maktabini qurish to`g`risida”gi bitim 2017 yil 26 dekabrda kuchga kirdi.
Bitimning maqsadi O`zbekiston tomoni mablag`i hisobidan 630 o`rinli umumta`lim maktabini qurish va uni Qirg`iziston tomoniga mulk sifatida beg`araz topshirishdan iborat.






