AsosiyJamiyat

Biznesni ro`yxatdan o`tkazish yanada osonlashdi

E`lon qilinganidek, 2014 yilning 1 yanvaridan boshlab, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzodan foydalangan holda tadbirkorlik subektlarini ro`yxatga olish xizmati joriy etildi.

Endilikda ushbu xizmat, Yagona portal foydalanuvchilarining xohishlarini inobatga olgan holda, elektron raqamli imzodan foydalanish majburiyatisiz, sinov tartibida taqdim etiladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar ID.UZ tizimidan ro`yxatdan o`tishlari lozim. Shunday qilib, jarayonni soddalashtirish evaziga, biznesni ro`yxatga olishda, yana bir, davlat organlariga tashrif buyurish, ehtiyoji bartaraf etildi.

    Boshqa yangiliklar