AsosiyJinoyat

TOShKENTDA YoShLARDAN YIRIK MIQDORDAGI PIROTEXNIKA VOSITALARI OLIB QO`YILDI

'TOShKENTDA YoShLARDAN YIRIK MIQDORDAGI PIROTEXNIKA VOSITALARI OLIB QO`YILDI'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB xodimlari bir nechta yosh fuqarolarda yirik miqdorda pirotexnika buyumlari mavjudligini aniqladi.

Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko`chasida “Matiz” rusumli avtomashina tekshirish uchun to`xtatilganida, avtomashinada 1998 yilda tug`ilgan Bahromov Avaz Anvar o`g`li, 1995 yilda tug`ilgan Ergashev Doston Ulug`bek o`g`li hamda haydovchi 1993 yilda tug`ilgan To`xtaohunov Sanjar Ahmadjon o`g`li bo`lgan.

Avtomashina saloni tekshirilgan vaqtda ikki dona sumkalar borligi, ularning ichida 84 blok «Mikki Maus», 10 quti «Petard», 5 dona salyut, 3 dona «7-Shot» salyuti, 8 dona «Novogodnyaya noch» pirotexnika buyumlari mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan yuqorida ko`rsatib o`tilgan pirotexnika buyumlari belgilangan tartibda olinib, A.A.Bahromov, D.U.Ergashev va S.A.To`xtaohunovlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar