O`zbekistonda 133 ta yo`l-patrul xizmati maskani hamda patrul-post xizmati stasionar maskanidan 66 tasi tugatiladi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov O`zAga ma`lum qildi.
O`tgan juma kuni Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakat viloyatlari o`rtasidagi postlarni yopish zarurligi haqida ma`lum qilgan edi. Uning so`zlariga ko`ra, bu kabi postlarning joylashuvi nafaqat fuqarolarga, balki savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizmga ham katta salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
IIV rahbarining qayd etishicha, jami postlarning 60 tasi yo`l-patrul xizmati maskani, 73 tasi esa patrul-post xizmati stasionar maskani hisoblanadi. Dastlabki o`rganishlardan keyin 133 postdan 66 tasini tugatish to`g`risida xulosalar tayyorlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.






