Buyuk Britaniyada uysiz-joysiz odamlarga oziq-ovqat va eng zaruriy buyumlarni etkazib beruvchi avtomat ishga tushirildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Endi uysiz-joysiz odamlar meva-sabzavotlar, oziq-ovqat mahsulotlarini, issiq paypoqlarni mutlaq bepul olishlari mumkin.
Angliyaning uncha katta bo`lmagan Nottingem shahrida 500 ga yaqin odam uysiz-joysiz bo`lib, ko`chada tunashga majburdir. Bunday muhtoj odamlar boshqalarga qaraganda, 70 marotaba ko`proq zo`ravonlikka duch kelishadi. Ularning o`rtacha umr ko`rishlari issiqqina uyda yashovchilardan 30 yilga qisqadir.
Xayriya mashinasining umuman kayfiyati buzilmaydi. U hech qachon “maydam yo`q” yoki “uzr, shoshilib turgandim” degan iboralarni bilmaydi. Mashinaning tuynugi har doim ochiq, bu erdan mazali shokoladlarni, mevalarni, hattoki issiq telpaklarni ham tekinga olish mumkin.






