1

QORBOBOGA MAKTUB: “MENGA YaNGI YIL SOVG`ASI KERAK EMAS. AKAM VA DUGONAM TUZALIB KETIShINI ISTAYMAN”

Mutolaa 28.12.2017, 10:30
QORBOBOGA MAKTUB: “MENGA YaNGI YIL SOVG`ASI KERAK EMAS. AKAM VA DUGONAM TUZALIB KETIShINI ISTAYMAN”

Qorbobo Qunduzxonning tilaklarini ro`yobga chiqarish uchun astoydil bel bog`ladi.

Yangi yil bayramini hammadan ko`ra bolajonlar orziqib kutadi. Ayniqsa, Qorbobo va Qorqizning sovg`alarini olish juda maroqli. Farg`ona viloyatida ham ular ishtirokida turli tadbirlar bo`lib o`tmoqda. Farg`ona tumanidagi 52-umumta`lim maktabida o`tkazilgan “Qorboboga maktub” loyihasida barcha o`quvchilar faol ishtirok etdi. 2-sinf o`quvchisi Qunduzxon Mahkamovaning Qorboboga yozgan maktubi barchani e`tiborini o`ziga tortdi.

Unda quyidagi satrlar keltirilgan edi: “Salom Qorbobo! Avvalo sizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Men 2-sinf o`quvchisiman. Meni tilaklarim juda ko`p. Avvalo, ota-onam, bobo va buvim, qarindoshlarim baxtimga sog`-salomat bo`lishsin. Keyin esa akam nogiron uni tuzalib ketishini istayman.

Bizning sinfdagi Munisaxon uy maktabida o`qiydi. Sinfdoshimni tuzalib ketishini istayman. Qorbobojon menga Yangi yil sovg`asi bo`lmasa ham shu tilaklarim amalga oshsin. Bu tilaklarim sizdan menga Yangi yil sovg`asi bo`lib qolsin”.

Maktab etakchisi hamda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg`ona viloyat Kengashi bu xatni e`tiborsiz qoldirmadi. Bayram arafasida Qorbobo bilan birgalikda Qunduzxonning uyiga tashrif buyurishdi.

Uning akasi Azizbekka nogironlar aravachasi, dugonasi Munisaxonga esa kitoblar jamlanmasi Yangi yil sovg`alari sifatida topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1