28.12.2017 12:10
BIR NEChA OYDAN SO`NG TOShKENTDAN ISSIQKO`LGAChA TEMIRYO`L YO`NALIShI IShGA TUShADI

Kelishuvga ko`ra, ushbu qatnov haftada bir marta amalga oshiriladi.
23 dekabrdan boshlab «Eyr Manas» aviakompaniyasi haftada ikki marta Bishkek – Toshkent, O`sh – Toshkent reysini yo`lga qo`ydi.
25 dekabr kuni Qirg`iziston delegasiyasi Toshkentda bo`lib O`zbekiston tomoni bilan O`sh-Qo`qon, O`sh-Andijon, O`sh-Farg`ona, Jalolobod-Qizilqiya yo`nalishlarini ochish masalasini muhokama qilgan.
“Mazkur qarorlar Qirg`iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning O`zbekistonga rasmiy tashrifi chog`ida kelishilgan”, degan Qirg`iziston hukumati vakili.





