Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida Sement zavodi ochildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiga kiruvchi “Jizzax sement zavodi”ning ochilish marosimida bir qator vazirlik va idora vakillari, Jizzax viloyat hokimligi shuningdek turli davlat va jamoat tashkilotlari raxbarlari ishtirok etdilar.
Marosimda ishtirok etganlar zamonaviy qurilish materillarini ko`paytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo`naltirish maqsadida yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlarning mazmun mohiyati hususida gapirdilar. Ta`kidlash kerakki, qurilish uchun zarur bo`lgan sementni ishlab chiqarish jarayonida energiya zahiralari sezilarli darajada iqtisod qilinishiga erishiladi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan xom ashyo zavoddan 1,5 km masofa uzoqlikdagi «Baliqli» va «Ko`tarma» tog`lari yonbag`ridan topilgan ohaktosh zahirasi 150 yilga etishi ta`kidlanmoqda.
Jizzax sement zavodi qurilish ishlari 2013 yilning aprel oyida boshlangan edi. Mazkur zavod ishga tushishi bilan 430 nafar mutaxassis doimiy ish o`rniga ega bo`ldi. Ishlab chiqarish jarayoniga yoshlar bilan bir qatorda tajribali injener mexaniklar ham jalb etildi.
Turkiyaning «Dal teknik» kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan mazkur zavodda barcha boshqaruv tizimi avtomatlashtirilgan.
Ayni paytda yangi ishga tushirilgan zavod yiliga 350 ming tonna oq sement va 760 ming tonna portland sementi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Dunyo bozorida oq sementga talab yuqori bo`lgani bois ishlab chiqarilgan sementning 70% dan ortig`i eksportga yo`naltiriladi.