Dunyoga mashhur ESPN telekanali yakuniga etib borayotgan 2017 yilning boks janglaridagi eng yaxshi raundni aniqladi.
Unga ko`ra, superog`ir vazn toifasida jahon chempionlik kamari uchun kechgan britaniyalik Entoni Joshua hamda ukrainalik Vladimir Klichko o`rtasidagi superjangning beshinchi raundi 2017 yilning eng yaxshi boks jangidagi raund deb topildi.
O`sha jangning beshinchi raundida Joshua nomdor raqibini birinchi nokdaunga uchratdi. Lekin tajribali Klichko chuqur nokdaundan so`ng o`rnidan turishga muvaffaq bo`ldi. O`z o`rnida Vladimir ham Entonini nokdaun holatiga tushirib qo`ya olgandi.






