AsosiyJamiyat

SAMARQAND VILOYaTIDAGI 4 TA YO`L-PATRUL XIZMATI MASKANI OLIB TAShLANDI

'SAMARQAND VILOYaTIDAGI 4 TA YO`L-PATRUL XIZMATI MASKANI OLIB TAShLANDI'ning rasmi

Samarqand shahriga kirishdagi “Shtab” maskani, Oqdaryo va Ishtixon tumanlari chegarasidagi “Loyish” maskani, Pastdarg`om tumaniga kirishdagi “Charxin” maskani va Narpay tumanidagi “Mirbozor” yo`l-patrul maskanlari olib tashlandi, deb xabar beradi O`zA.

Yo`llarda qatnov tig`iz bo`lgan paytlarda tirbandliklar yuzaga keladigan yo`l-patrul xizmati maskanlaridan bugun transport vositalari erkin harakatlanmoqda.

Shuningdek, Farg`ona viloyatida 8 ta yo`l-patrul xizmati maskanini olib tashlash tadbirlari ko`rilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Prezident Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida viloyatlar chegarasidagi barcha yo`l-patrul postlarini tugatish, patrul xizmati stasionar postlari sonini keskin kamaytirish bo`yicha topshiriq bergandi.

    Boshqa yangiliklar