“O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi 1 aprel kuni Toshkent-Kiev-Toshkent yo`nalishi bo`ylab amalga oshiriladigan parvozlarni bekor qildi.
Milliy aviatashuvchining xabar berishicha, mazkur holat Ukraina aviasiya hukumatining ruxsat bermaganligi sababli yuzaga kelgan fors-major vaziyat bilan bog`liq bo`lgan. Aynan shu sababdan 1 aprel kuni Toshkent-Kiev-Toshkent yo`nalishi bo`ylab amalga oshiriladigan HY-741/HY-742 reysi bekor bo`lgan.
Aviakompaniya mazkur reys bo`yicha chiptalarni qayta bron qilish yoki qaytarib berish bo`yicha hech qanday yig`im va jarimalar olmaydi.
“O`zbekiston havo yo`llari” yo`lovchilardan yuz bergan noqulaylik sabali uzr so`radi.





