AsosiyJamiyat

Toshkentdan Qrim poytaxtiga parvozlar bekor qilindi

3 aprel kuni “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasining “Toshkent–Simferopol–Toshkent” yo`nalishi bo`ylab amalga oshirilishi kerak bo`lgan HY-747/HY-748 reyslari bekor qilindi.

Ushbu reyslar Qrimda bo`lib o`tgan Rossiya tarkibiga qo`shilish to`g`risidagi referendum natijalariga asosan aeroport tuzilmasining qayta tashkil etilishi hamda Rossiya tomonidan ruxsat yo`qligi sabab bekor qilingan, deya xabar beradi “Gazeta.uz” nashri.

O`zbekiston milliy aviatashuvchisi Simferopolga parvozlarni haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshirgan.

Yo`lovchilar mazkur reysga harid qilingan chiptalarini qo`shimcha to`lovlar va jarimasiz qayta bron qilishlari yoki qaytarib berishlari mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar