"O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi aviayo`lovchilarga 2018 -yilning 1- yanvaridan, barcha xalqaro aeroportlarda O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o`tish joylarida ikkita yo`lak tizimi ( "yashil" va "qizil") ishga tushganligini xabar qiladi.
Uzbekistan Airways mutaxassislari tomonidan xalqaro aeroportlarda lkkita yo`lak tizimi faoliyatini ta`minlash uchun barcha infratuzilma izhlari o`tkazildi. Bojxona chegarasi orqali o`tadigan aviayo`lovchilar notijorat maqsadlar uchun tovarlarni deklarasiya qilish shakli sifatida "yashil" yo`lakni, bojxona amaliyotlarini o`tkazish uchun esa " qizil" yo`lakni tanlashlari mumkin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar yo`lovchilar oqimi logistikasini anchagina yaxshilashga imkon beradi. Bojxona rasmiylashtiruvini umume`tirof etilgan standartlarga muvofiq holga keltirish va bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish va nazorat usullari samaradorligini oshirishga qaratilgan.






