Kuni kecha Quvasoy shahrida Farg`ona viloyatining iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatini rivojlantirishga bag`ishlangan xalqaro biznes forum bo`lib o`tdi.
Unda Turkiya Respublikasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Namik Gyuner Erpul boshchiligidagi delegasiya ham ishtirok etdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Forum doirasida bo`lib o`tgan ikkitomonlama biznes uchrashuvlarda o`zbekistonlik tadbirkorlarning mahsulotlarini Turkiyaga eksport qilish, Turkiyadan esa texnologik uskunalar va hom-ashyo sotib olish istagida bo`lgan shuningdek investisiya loyihalari uchun hamkor izlaganlarning talab va takliflar elchixona vakillari tomonidan ruyhatga olindi.
Ushbu takliflar Turkiyadagi firma va kompaniyalar hamda tadbirkorlarning e`tiboriga havola etish uchun elchixonaning Tijorat bo`limi orqali Turkiya respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yuboriladi.





