AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA QORLI VA YoMG`IRLI KUNLAR BOShLANADI

'O`ZBEKISTONDA QORLI VA YoMG`IRLI KUNLAR BOShLANADI'ning rasmi

Yanvar oyining ilk iliq kunlaridan so`ng O`zbekistonga haqiqiy qish keladi. Sinoptiklar qor, yomg`ir va kunduzgi havo haroratining +3 darajagacha pasayishini va`da qilishmoqda.

Poytaxtda va Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, 3 va 6 yanvar kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 yanvar kuni yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. 5 yanvar kuni ayrim joylarda yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo`ladi. 4 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja bo`ladi. 5 yanvar kuni kechasi -3...+2, kunduzi +5...+10 daraja bo`ladi. 6 yanvar kuni kechasi 0...-5, kunduzi +5...+10 daraja bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 va 6 yanvar kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 yanvar kuni yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. 5 yanvar kuni ayrim joylarda yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo`ladi. 4 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja bo`ladi. 5 yanvar kuni kechasi -3...+2, kunduzi +5...+10 daraja bo`ladi. 6 yanvar kuni kechasi 0...-5, kunduzi +5...+10 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, 3 va 4 yanvar kunlari yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) kuzatiladi, 5 va 6 yanvar kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvar kuni ba`zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, 4-6 yanvar kunlari 0...-5, kunduzi 0...+5 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 yanvar kuni kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ishi mumkin. 4 yanvar kuni yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. 5 va 6 yanvar kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 yanvar kuni ba`zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, 4-6 yanvar kunlari 0...-5, 3 yanvar kuni kunduzi +8...+13 daraja bo`ladi. 4 yanvar kuni kunduzi +3...+8, 5-6 yanvar kunlari +5...+10 daraja bo`ladi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 yanvar kuni ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 va 4 yanvar kunlari kechasi +3...+8, 5-6 yanvar kunlari -3...+2 daraja bo`ladi. 3 yanvar kuni kunduzi +13...+18, 4 yanvarda +7...+12 va 5-6 yanvar kunlari +10...+15 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, 3 va 6 yanvar kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 yanvar kuni ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. 5 yanvar kuni ayrim joylarda yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3...+2, ayrim joylarda +5, 3 yanvar kuni +8...+13, 4-6 yanvar kunlari +5...+10 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, 3 va 6 yanvar kunlari yog`ingarchilik bo`lmaydi. 4 va 5 yanvar kunlari yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 va 4 yanvar kunlari ba`zi joylarda 15-20 m/s tezlikkacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3 yanvar kuni kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja bo`ladi. 4-6 yanvar kunlari kechasi -5...-10 darajagacha pasayishi mumkin, kunduzi 0...-5 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar