1

TOShKENTDAGI FOHIShABOZLIKKA QARShI TADBIRDA AFG`ONISTON FUQAROLARI UShLANDI

Jinoyat 03.01.2018, 12:41
TOShKENTDAGI FOHIShABOZLIKKA QARShI TADBIRDA AFG`ONISTON FUQAROLARI UShLANDI

2017 yilning 28 dekabrdan 29 dekabr kuniga o`tar kechasi, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan fohishalik bilan shug`ullanib kelayotgan ayollarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar o`tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur tadbir davomida 1987 yilda tug`ilgan J.R.M. va 1997 yilda tug`ilgan J.S.J. Yunusobod tumani hududida joylashgan «AURUM» tungi klubiga kirib, shu erda fohishalik bilan shug`ullanish maqsadida mijozlar — Afg`oniston Respublikasi fuqarolari 1989 yilda tug`ilgan X.S.S. va 1987 yilda tug`ilgan X.A.O. bilan tanishib, ular bilan jinsiy aloqa qilish uchun Mirzo Ulug`bek tumani hududida joylashgan xonadonga borganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida J.R.M. Surxondaryo viloyatida, J.S.J. esa Toshkent viloyatida doimiy ro`yxatda bo`lsalar-da, Toshkent shahriga kelib, fohishalik bilan shug`ullanganliklari ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 190 va 223-moddalariga asosan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Afg`oniston Respublikasi fuqarolariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasiga asosan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1