Avvalroq Toshkent-Kiev-Toshkent yo`nalishi bo`ylab parvozlar bekor qilinganligi haqida xabar bergan edik.
Bugun mazkur holatning tafsilotlarini ma`lum bo`ldi, deb yozadi Anhor.uz nashri. Unga ko`ra, Ukraina aviasiya Vazirligi “O`zbekiston havo yo`llari”ning Ukraina davlat aviasiya xizmatiga yozgi mavsumda parvozlar amalga oshirish bo`yicha bergan arizasini tegishli tartibda ko`rib chiqqan. Biroq, parvozlarni amalga oshirishda cheklov muddatini qo`ygan».
Ukraina tomoni O`zbekiston va Ukraina hukumatlari o`rtasidagi kelishuvga asosan ikki oyga vaqtincha ruhsat bergan. Vaqtinchalik ruxsatning sababi esa tomonlarning aviatashish sohasida bir qator texnik va tijoriy masalalarda bir to`xtamga kela olmaganliklari bo`lgan.
Ukraina yaqin orada ikki mamlakat aviasiya ma`muriyatlari o`rtasida muzokaralar o`tkazishni taklif qilgan.
Xabarda keltirilishicha, «Ukraina ikki mamlakat o`rtasida aviatashish uchun vaqtincha ruxsat berganiga qaramay “O`zbekiston havo yo`llari” MAK Ukrainaga reyslarni bekor qilish to`g`risida qaror qabul qilgan».





