1

PEDAGOGIKA YO`NALIShIDA QAYSI OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA SIRTQI BO`LIMLAR TAShKIL ETILGAN? (RO`YXAT)

Jamiyat 03.01.2018, 15:51
PEDAGOGIKA YO`NALIShIDA  QAYSI OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA SIRTQI BO`LIMLAR TAShKIL ETILGAN? (RO`YXAT)

15 ta oliy ta`lim muassasalarida pedagogika yo`nalishlari bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlar tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta`lim muassasalarida pedagogika yo`nalishida maxsus sirtqi bo`limlarni tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3183-son qarori asosida oliy ta`lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo`limlarning bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga qabul o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga hamda kamida uch yil pedagogik amaliy ish stajiga ega bo`lgan, maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari ehtiyojlari asosida tasarrufida ushbu ta`lim muassasalari mavjud bo`lgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega pedagog kadrlar hisobidan amalga oshiriladi. Maxsus sirtqi bo`limda o`qish to`lov-kontrakt asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Ma`lumot uchun: pedagogika yo`nalishlari bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlar tashkil etiladigan oliy ta`lim muassasalari ro`yxati quyidagilar:

1. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

2. Andijon davlat universiteti

3. Buxoro davlat universiteti

4. Guliston davlat universiteti

5. Qarshi davlat universiteti

6. Namangan davlat universiteti

7. Samarqand davlat universiteti

8. Termiz davlat universiteti

9. Urganch davlat universiteti

10. Farg`ona davlat universiteti

11. Jizzax davlat pedagogika instituti

12. Navoiy davlat pedagogika instituti

13. Nukus davlat pedagogika instituti

14. Qo`qon davlat pedagogika instituti

15. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1