AsosiySport

2018-YILDA KUZATIShINGIZ KERAK BO`LGAN 10 YoSh FUTBOLChI

'2018-YILDA KUZATIShINGIZ KERAK BO`LGAN 10 YoSh FUTBOLChI'ning rasmi

Goal nashri yangi yilda diqqat bilan kuzatilishi kerak bo`lgan yosh iqtidorli futbolchilar (21-yoshgacha) ro`yxatini tuzib chiqdi. Kelayotgan o`n ikki oyda charm to`p dunyosida qiziqarli va shov-shuvli voqealarga boy bo`lishi kutilmoqda.

2017-yilda 21 yoshgacha bo`lganlar orasida, Kilian Mbappe, Donnarumma, Reshford, Verner, Pulishich, Dembele va Asensio kabi iste`dod egalari o`zlarini ijobiy tarafdan ko`rsata olishdi. 2018-yilda qaysi “yulduzchalar” o`zlarini ko`rsatishadi? Quyida istiqboldagi dunyo yulduzlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Xussam Auar (“Lion”)

Fransiyada u ortiq notanish futbolchi emas. Garchi u hali 1 Ligada to`liq mavsumni o`tkazmagan bo`lsada, ko`p qirrali yarim himoyachi “Lion” safida o`zining nimalarga qodirligini ko`rsatdi. Asli jazoirlik futbolchi o`zining faolligi, texnikasi va to`g`ri qaror qabul qila olishi bilan ajralib turmoqda. 8-raqam egasi yarim himoyada, vingerlik, hujumkor yarim himoyachi kabi o`ynay oladi va yangi yilda u yanada ko`proq muvaffaqiyatlarga erishishi kutilmoqda.

Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”)

U Angliya chempionatida 2 016-yilda debyut qilib, hisobida 20 ta o`yin ham o`yin yo`q. Ammo “Tumanli Albion”dagilar uning porloq kelajak kutayotganini boshlab yuborishgan. 19 yoshida o`ng qanot himoyachisi “qizillar” himoyasining asosiy qismiga aylanib ulgurgan. “Liverpul” akademiyasiga shaxsan Stiven Jerrard tomonidan olib kelingan yosh iqtidorli futbolchini bu yilgi Mundialda Angliya tarkibida ko`rsak ham ajablanmaslik kerak.

Sander Berj (“Genk”)

Berj Belgiya chempionatining bu mavsum kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Norvegiya chempionati vakili “Valerenga”dan kelgan tayanch yarim himoyachisi yuqori istiqbolli iqtidorga ega ekanligini ko`rsata oldi. Bahs boylash mumkinki, u Jupiler Ligasida uzoq vaqt qolib ketmaydi.

Federika Keza (“Fiorentina”)

U albatta otasi Enriko kabi o`zini ko`rsatgani yo`q, ammo u undan o`zib keta olishini isbotlamoqda. U A Seriyada hayratlantiruvchi statistikalarni qayd qilmayotgan bo`lsada, u o`z tengqurlaridan ancha ilgarilab ketganini ko`rish mumkin. Goal Italie muxbiri Federiko Kasotti unga quyidagicha ta`rif beradi: “U tezkor, moslashuvchan, jamoa uchun o`ynaydi va texnikasi o`ta yuqori futbolchi. U juda kamtar va ancha ulg`aygan.

Pablo Maffeo (“Jirona”)

U La Liga grandi safida o`ynamayapti, biroq butun Ispaniyaning nigohi unda. 20 yoshida ham iqtidorli himoyachi kuzatuvchilarning e`tiborini tortishga musharraf bo`lgan. “Jirona” safida u yuqori saviyadagi o`yinlarni namoyish qila olmoqda. Bu katalon futbolchisi “Barselona” akademiyasidan chiqmagan, biroq unda “La Masiya”dagilarga xos barcha sifatlar bor. To`p bilan muomala qilish, ajoyib qarshi hujum, o`yinni o`qiy olish va tashabbusni o`z qo`liga olish kabi sifatlar mujassam.

Mikel Oyarsabal (“Real Sosedad”)

O`tgan aprelda 20 yoshga kirgan futbolchining hisobida allaqachon La Liganing 87 o`yini bor. Bu esa vingerning iqtidori va tezkor rivojlanishidan darak beradi. “Real Sosedad” safida chapaqay futbolchi raqib himoyachilariga haqiqiy boshog`rig`i bo`lmoqda. U ayni vaqtda o`z pozisiyasida Ispaniyaning eng yaxshisi bo`lib turibdi va ajab emas tez orada Xulen Lopetegining ham ishonchini oqlay olsa.

Borxa Mayoral (“Real Madrid”)

Mayoral “Real Madrid”ning ikkinchi raqamli markaziy xujumchisi! Bu maqom ham umumiy ravishda hujumchining sifatlari sayqallanib borishiga etarli bo`lmoqda. 20 yoshida “Kastilya” mahsuloti “Santyago Bernabeu”da o`zini to`liq ko`rsata olmayapti. U hatto bir yilga “Volfsburg”ga “surgun” ham qilindi. Ammo muntazam o`yin amaliyotiga ega bo`lish bu vaqt masalasi hisoblanadi.

Ezekiel Barko (“Independente”)

Evropada u hali mashhur emas. Biroq u o`z vatani Argentinada, ancha nomdor bo`lib ulgurgan. Umidli hujumkor yarim himoyachi Argentina chempionatida debyutini o`tkazganida hali 17 ga ham kirmagan edi. Bu esa uning etarlicha qobiliyatli ekani va ulg`ayganidan dalolat beradi. Gabi Milito qo`li ostida u 4 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirgan.

Jastin Klyuyvert (“Ayaks”)

U allaqachon futbol ixlosmandlari va skautlar nazariga tushgan. Bunga uning mashhur futbolchining o`g`li ekanligi yagona sabab emas. “Ayaks” safida u rang-baranglik bag`ishlamoqda va undan raqiblar muntazam tahdid ko`rmoqda. Qiziqarli debyutidan keyin u o`tgan mavsum mobaynida tezkorlik bilan yuqori saviyaga ko`tarilib bormoqda. O`tgan noyabr oyida u Erediviziyada otasi erisholmagan rekordni o`rnatdi. U xet-trikka erishdi.

Ruben Neves (“Vulverxempton”)

U Angliyaning ikkinchi divizionida o`ynamoqda lekin u grand jamoada ham o`ynab keta olishini ko`rsatmoqda. Uning aniq paslar uzata olishini ta`kidlagan holda aytish mumkinki, katta iqtidor sohibi. 20 yoshli futbolchini vatandoshi Joao Moutinoga o`xshatishmoqda. “Bo`rilar” bilan u 251 uzatmani havodan etkazib bergan. Amalga oshirilgan koeffisienti 69,7 % ga etadi. Chempionshipdagilarning birortasi bunday ko`rsatkichga ega emas. “Selesao” tarkibida to`rt o`yin o`tkazgan yosh iqtidor egasi “bo`rilar” safida abadiy qolib ketmaydi. Unga mintaqaning eng nomdor jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Sardor Abdug`aniev tayyorladi

    Boshqa yangiliklar