AsosiyDunyo

XITOYDA 18 SOAT IShLAGAN ShIFOKOR ChARChOQDAN OLAMDAN O`TDI

'XITOYDA 18 SOAT IShLAGAN ShIFOKOR  ChARChOQDAN OLAMDAN O`TDI'ning rasmi

Xitoyning Shansi provinsiyasida 18 soat davomida tinimsiz ishlagan shifokor charchoqdan olamdan o`tdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Nashrning xabar berishcha, 29 dekabr kuni shifokor, 43 yoshli Chjao Byansyan shifoxonadagi bemorlarni ko`rikdan o`tkazayotganda palatada yotgan ayol va uning qizini ko`rib chiqqach, yiqilib tushgan. Guvohlarning aytishicha, u qizdan "Onangizning ahvoli qanday?" deb so`ragan va bu uning so`nggi so`zlari bo`lgan.

Ayol darhol jonlantirish bo`limiga yotqizilgan, biroq ertasi kuni u olamdan o`tgan. Ekspertiza uchun jasad yorib ko`rilganida Byansyan subaraxnoidal qon quyilishi, ya`ni miyadagi qon aylanishining chuqur buzilishi shakllaridan biri tufayli vafot etgan.

Chjao Byansyan shifoxonada respirator kasalliklar bo`limi rahbari o`rinbosari bo`lgan. Hamkasblarining so`zlariga qaraganda , u "juda mehnatsevar" bo`lgan hamda o`z sohasidagi eng yaxshi mutaxassislardan biri hisoblangan.

    Boshqa yangiliklar