1

O`ZBEKISTONDA ILK BOR QUR`ONI KARIM ChOP ETILMOQDA (FOTO)

Jamiyat 03.01.2018, 17:48
O`ZBEKISTONDA ILK BOR QUR`ONI KARIM ChOP ETILMOQDA (FOTO)

Bugun, 3 yanvar kuni fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asos solgan «Hilol» nashriyoti bosmaxonasida Alloh taoloning Kalomi – Mushafi sharifni chop qilish boshlandi. Bu haqda Azon.uz nashri ma`lum qildi.

«Hilol» nashriyoti O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda ushbu mushafi sharifni Misr Arab Respublikasidagi «Dorus-salom» nashriyotining rasmiy ijozati bilan nashr qilmoqda.

Bugun mushafi sharifning dastlabki sahifalarini chop qilish marosimi bo`lib o`tdi. Marosimga shayx hazratlarining eng yaqin safdoshlaridan Zohidjon domla Qodirov, O`zbekiston musulmonlari idorasidan Abdulhamid Tursunov, O`zbekiston qorilari musobaqasi bo`yicha O`MI qoshidagi hay`at raisi Abdulhakim qori Matqulov, hay`at a`zosi Hasanxon qori Abdulmajid, «Fath» jome` masjidining imom-xatib Bahodir qori Rahmatulloh va boshqa ko`pgina aziz mehmonlar hozir bo`lishdi.

Qur`oni Karim tilovatidan so`ng bu xayrli ishning bardavom bo`lishini tilab xayrli duolar qilingach, dastgohlar ishga tushirilib, Mushafi Sharifning dastlabki sahifalari bosildi.






Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1