1

ShAYX MUHAMMAD SODIQ NOMIDAGI MUSULMONLAR DINIY-MA`RIFIY MARKAZI ISh BOShLADI

Jamiyat 03.01.2018, 17:54
ShAYX MUHAMMAD SODIQ NOMIDAGI MUSULMONLAR DINIY-MA`RIFIY MARKAZI ISh BOShLADI

Rossiya Federasiyasining poytaxti Moskva shahrida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomidagi diniy-ma`rifiy markaz ish boshladi. Bu haqda Islom.uz sayti.

Mustaqil notijorat tashkiloti maqomidagi ushbu markaz Moskva shahar, Myasniskaya ko`chasi, 30/1/2-uyda joylashgan bo`lib, Rossiya Federasiyasi adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazilgan.

«Shayx Muhammad Sodiq nomidagi musulmonlar diniy-ma`rifiy markazi» deb nomlangan ushbu ilm-ma`rifat markazi shayx hazratlarining ulkan ilmiy merosini Rossiyada yashovchi yurtdoshlarimiz, vatandoshlarimiz hamda rossiyalik mo`min-musulmonlarga etkazish bilan shug`ullanadi. Markazning faoliyati ustozimizning kitoblari va ular asosida tayyorlangan mediyamahsulotlarni tarqatish, shuningdek, mazkur kitoblar asosida tafsir, hadis, aqoid, fiqh, ruhiy tarbiya va boshqa ilmlar bo`yicha darslar olib borishdan iboratdir.

Alloh taolo ushbu markazning faoliyatini bardavom qilsin, barchamiz uchun manfaatli qilsin, bu xayrli ishga hissasi qo`shilgan va qo`shilayotgan barcha azizlarimizga kuch-quvvat, g`ayrat-shijoat ato etsin, ustozimiz shayx hazratlarini bu kabi sadaqai joriya ham manfaatli ilmlarning ajru savoblaridan to qiyomatgacha bahramand aylasin!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1