ALIShER SA`DULLAEV ShAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YuSUF HAZRATLARI HAQIDA FIKR BILDIRDI

Jamiyat 04.01.2018, 09:29
ALIShER SA`DULLAEV ShAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YuSUF HAZRATLARI HAQIDA FIKR BILDIRDI

Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Alisher Sa`dullaev “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini ilmga qo`shgan hissalarini ko`z oldiga keltirib, yurtboshimizni tushungandayman”, deb yozdi.

«Xalqaro Islom olimlari haqida o`qiyotgan edim. Qiziqib bizdan kimlar bor ekan deb qidira boshladim. Davlatlar orasida O`zbekiston degan yozuvni ko`rib, boshqacha bo`lib ketdim. Ularning ismlarini (taajjublanarlisi, yurtimizdan yagona vakil) ko`rganda (Shayh Muhammad Sodiq – tahririyat), ilmga qo`shgan hissalari ko`z oldimga keldi.

Wikipedia’dan boshqa manbalarda bizning yaqin yillarda Islom bo`yicha xalqaro tajribaga ega bo`lgan olimlarimizni topish mushkul. Bizning oltin silsilamiz haqida eshitmagan-da ular. Qaysi olimlar haqida gap ketayotgani quyidagi rasmda qizil rang bilan belgilab qo`yilgan», deb Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari yashagan vaqtni (1952-2015) yozdi vazir o`rinbosari o`zining Feysbukdagi sahifasida.

Eslatib o`tamiz, Islom olamining yirik olimi, mashhur ulamo Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 2015 yil 10 mart kuni Toshkent shahrida olamdan ko`z yumgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1