1

O`ZBEKISTONDAN TOJIKISTONGA YaNGI AVIAREYSLAR YO`LGA QO`YILADI

Jamiyat 04.01.2018, 12:49
O`ZBEKISTONDAN TOJIKISTONGA YaNGI AVIAREYSLAR YO`LGA QO`YILADI

Tojikistonning“Asia-Plus” nashrining yozishicha, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi rasmiy Dushanbega Samarqand va Buxoro shahrini Tojikiston poytaxti bilan bog`lovchi yangi aviareyslarni yo`lga qo`yish taklifi bilan chiqqan.

Manbaning ma`lumotiga ko`ra, bu taklif hozircha o`rganib chiqilmoqda va ijobiy hal qilinishiga ishonch bildirilmoqda.

O`zbekistonning tashabbusi bilan, o`tgan yilning aprel oyida Toshkent – Dushanbe – Toshkent aviareysi bir tomonlama tiklangan.

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi hozirgi vaqtda Dushanbega haftasiga bir marta - seshanba kuni A320 samolyotida parvozni amalga oshirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1