1

JIZZAXDAGI HAMID OLIMJON VA ZULFIYaXONIM HAYKALLARI 2 OY O`TMASDAN NURAY BOShLADI (FOTO)

Jamiyat 04.01.2018, 12:53
JIZZAXDAGI HAMID OLIMJON VA ZULFIYaXONIM HAYKALLARI 2 OY O`TMASDAN NURAY BOShLADI (FOTO)

Facebook’dagi «Jizzaxliklar hamjamiyati» guruhiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim haykalining nurayotgani aks etgan suratlar joylashtirildi. Suratlar ostidagi izohlarda esa foydalanuvchilar mazkur holat achinarli ekanligini, shoshma-shosharlik bilan bunyod etilgan haykallarga sifatli materiallar ishlatilmaganligini ta`kidlagan, deb xabar berdi «Sangzor.uz».


Mazkur yodgorlik tantanali tarzda o`tgan yilning noyabr oyi boshida ochilgan edi. Hali ikki oy o`tmasdan sifatsiz ashyolardan shoshma-shosharlik bilan yasalgan haykallar nurab tushayotgani esa achinarlidir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tavsiyasiga binoan amalga oshirilgan mazkur yodgorlikni bunyod etish ishlari aprel oyida uning viloyatga tashrifidan so`ng boshlangan edi. Juda ham qisqa muddatda amalga oshirilgan ishlar natijasida anchagina qarovsiz holga kelib qolgan hiyobon hududi tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Quruvchilarning say`i-harakati natijasida noyabr oyida ushbu hududda nafaqat haykal o`rnatildi, balki Xo`ja Nuriddin madrasasi rekonstruksiya qilinib xalqimizning ikki buyuk ijodkorlari H.Olimjon va Zulfiya muzeylari, unga tutash binoda esa davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov muzeylari ish boshladi.

Oradan ko`p o`tmasdan Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimga atab bunyod etilgan haykallar mana bunday ko`rinishga kelib qoldi.


Istardikki mazkur holat tez orada mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etiladi. Haykallar sifatli materiallar bilan qaytadan ta`mirlanib, avvalgiday boqqa tashrif buyuradigan she`riyat va adabiyot ixlosmandlariga zavq va ilhom bag`ishlaydi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1