1

Shveysariya va O`zbekiston dori-darmon ishlab chiqarish sohasida loyiha amalga oshiradi

Jamiyat 04.04.2014, 11:34
Shveysariya va O`zbekiston dori-darmon ishlab chiqarish sohasida loyiha amalga oshiradi

3 aprel kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida Shveysariya Konfederasiyasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolya Bryul bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Suhbat chog`ida, ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, investision hamda moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirishning istiqbollari muhokama qilindi, deya xabar beradi Vazirlik matbuot xizmati.

Asosiy e`tibor oziq-ovqat va konditer mahsulotlarini ishlab chiqarish, meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash, dori-darmonlar, shuningdek, bog`dorchilik, o`simlikshunoslik va uzumchilik sohalariga tegishli bo`lgan aniq loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.

Aprel oyining oxirida, Vazirlikda moliyaviy-texnik sohasida hamkorlikning yangi yo`nalishlarini muhokama qilish maqsadida “davra suhbati” o`tkazishga kelishib olindi.

Shuningdek, o`zbek tomoni, Shveysariya vakillarini joriy yilning 5-6 iyun kunlari Toshkent shahrida ”O`zbekistonda oziq-ovqat dasturlarini amalga oshirishning muhim yo`nalishlari” mavzusida bo`lib o`tadigan Xalqaro konferensiyada ishtirok etishga taklif qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1