1

IIV mutaxassislari pasport tizimi masalalarida aholi bilan bevosita muloqotga chiqadilar

Jamiyat 04.04.2014, 12:36
IIV mutaxassislari pasport tizimi masalalarida aholi bilan bevosita muloqotga chiqadilar

Respublika IIV bosh boshqarma va boshqarmalari mutaxassislari bilan bevosita muloqot tashkil etiladi.

Mazkur muloqot ichki ishlar idoralari faoliyatiga doir turli masalalar yuzasidan kelib tushayotgan savollarni inobatga olgan holda uyushtiriladi, deya xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Dastlabki bevosita muloqot pasport tizimi masalalariga bag`ishlanadi. 

Muloqot 8 aprel – seshanba kuni soat 10.00 dan 12.00 gacha bo`lib, unda O`zbekiston Respublikasi IIV Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining etakchi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etadilar. 

Mutaxassilarga quyidagi telefonlar orqali murojaat etishingiz mumkin:231-41-09, 230-34-07. faks 255-31-39. 

Savollar oldindan yozma ravishda ham qabul qilinadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1