Amerika prezidenti Donald Trampning soch turmagi sri oshkor bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Bu soch ko`chirib o`tkazish jarayoni natijasi ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda jurnalist Maykl Vulf Trampning qizi Ivankaga asoslanib «Olov va g`azab: Trampning Oq uyi» deya nomlangan kitobida yozgan. Mazkur fakt The New York Post nashri tomonidan keltirilgan.
«Ivanka do`stlariga otasining sochi haqida ko`p marotaba gapirib bergan. Soch ko`chirib o`tkazilgandan keyin bosh atrofi jingalak sochlar bilan o`raladi. Bu soch tolalari markazni yopish uchun yuqoriga taraladi va gel surtiladi», — deb yozgan Vulf.
«Sochning bunday rangda bo`lishining ham qiziq tarixi bor. Bunga Just for Men vositasi sababchi: uni sochda qancha uzoq vaqt ushlab turilsa, soch kerakli rangga kiradi, ammo Tramp sabrsizlik qilgan va shunday oq-sarg`ish rang paydo bo`lgan», — degan yozuvchi.
Nashr Trampning soch to`kilishiga qarshi foydalangan tadbiri boshning kal joyga sersoch qismning tortilishi oqibatida yuzaga kelishini ta`kidlagan.






