1

“O`zbekiston havo yo`llari” bahor-yoz jadvaliga o`tdi

Jamiyat 04.04.2014, 14:01
“O`zbekiston havo yo`llari” bahor-yoz jadvaliga o`tdi

“O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasining havo kemalari harakati bahor-yoz jadvaliga o`tdi.

Tijorat departamenti va MAKning boshqa bo`linmalari tomonidan tuzilgan yangi parvozlar jadvaliga asosan xalqaro yo`nalishlar bo`yicha bir qancha o`zgartirishlar kiritilgan. Unga ko`ra, Riga-Nyu-York-Riga yo`nalishida parvoz haftasiga 2 martadan payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Yurtimizda sayyohliklikni rivojlantirish maqsadida shanba kunlari Frankfurtdan uchib kelgan reyslar Urganchga ham qo`nib o`tadi. Huddi shunday vaziyat juma kuni Parijdan, yakshanba kuni Milandan keladigan reyslarda ham kuzatiladi. Bundan tashqari, Toshkent-Jeneva reysi bekor qilindi, ammo Toshkent-Madrid yo`nalishi uchishda davom etadi.

Tokioga parvozlar ham qayta yo`lga qo`yildi. Ular chorshanba kuni hamda payshanbadan jumaga o`tar kechasi, haftada ikki marotaba amal oshiriladi. Shuningdek, milliy aviakompaniya Singapurga, Kuala-Lumpur orqali yangi parvoz yo`nalishini yo`lga qo`ydi. Ushbu yangi parvoz chorshanba kuni hamda payshanbadan jumaga o`tar kechasi amalga oshiriladi.   

MDH reyslariga to`xtaladigan bo`lsak, yangi Urganch — Volgograd yo`nalishi kiritildi hamda Toshkent-Vladivostok reysi ham kiritilishi rejalashtirildi.

Mazkur jadval joriy yilning 25 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1