AsosiyDunyo

DUNYoNING ENG SERJUN QIZI TURMUShGA ChIQDI

'DUNYoNING ENG SERJUN QIZI TURMUShGA ChIQDI'ning rasmi

2010 yilda serjunligi tufayli Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan, Tailandda yashovchi 17 yoshli Supatra Susufan ismli qiz turmushga chiqdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Tailandlik qiz juda kam uchraydigan — Abrams sindromiga chalingan. Kasallik oqibatida uning tanasini butunlay jun qoplagan. Mutaxassislarning ma`lumot berishicha, beshinchi asrdan beri dunyoda bor-yo`g`i 50 nafar odam mazkur kasallikka chalingan.

Qiz bu darddan lazer epilyasiyasi orqali qutulishga harakat qildi, ammo bu usul qiz kutgan natijani bermadi. Supatra maktabda o`qib yurgan chog`larida uni sinfdoshlari serjunligi uchun kalaka qilishar, shuning uchun ham qizning do`stlari yo`q edi. Biroq Supatra bunday kamsitishlarga ko`pam e`tibor bermadi.

Qiz turmush o`rtog`i uni qanday bo`lsa, shundayligicha sevishini ma`lum qildi. Supatra uni hayotidagi yagona muhabbati, deb qabul qildi .

    Boshqa yangiliklar