1

TEZKOR XABAR! PASTDARG`OMDA MUDHISh QOTILLIK: 64 YoShLI ONA 29 YoShLI O`G`LINI O`Z QO`LLARI BILAN O`LDIRDI.

Jinoyat 06.01.2018, 11:45
TEZKOR XABAR! PASTDARG`OMDA MUDHISh QOTILLIK:  64 YoShLI ONA 29 YoShLI O`G`LINI O`Z QO`LLARI BILAN O`LDIRDI.

Qaynona-kelin o`rtasidagi manfiy munosabat bugun paydo bo`lgani yo`q, u juda ko`p yillardan beri mavjud. Faqat, muqaddam bu ziddiyatlar oilaning parokandaligigacha, ona qotillikka qo`l urishigacha etib bormagan.

Pastdarg`om tumanidagi “Katta-nayman” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi Oydin Suyunova og`ir tabiatligi sabab avvaliga turmush o`rtog`i bilan kelishmagan. Shundan so`ng turmush o`rtog`i Egamberdi Turdiev qonuniy nikohni bekor qilib, singlisining uyida yashash uchun chiqib ketgan.

Ayolning 3 nafar kelini bilan doimiy ziddiyatlari sabab xonadoni mahallada notinch oilalar ro`yxatida turgan. Kenja o`g`li Rossiya davlatiga ishlashga ketgan vaqtlari uning turmush o`rtog`i Sevara Ro`zimurodova ota onasinikida yashab kelgan.

2017 yil 5 noyabr kuni kenja o`g`li Alisher Turdiev Rossiya davlatidan qaytib kelib, turmush o`rtog`ini uyiga olib kelgan. Shu shu qaynona kelin o`rtasidagi janjallar yana avj olgan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, Oydin Suyunova keliniga o`g`lini boshqaga uylantishirishini o`g`li ajralmagan taqdirda ularni birgalikda yoqib yuborishini aytib kelgan.

2017 yilning 3 yanvar kuni Oydin Suyunova o`g`li Alisher kelini Sevara hamda 5 yoshar nabirasi Zilola uxlab yotgan vaqtida uyiga benzin sepib yoqib yuborgan. Alisher og`ir darajadagi kuyish tan jaroxati natijasida shifoxonada vafot etgan. Kelini va nabirasi ham kuyish jaroxati tufayli hozir shifoxonada.

Ushbu holat yuzasidan Pastdarg`om tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Mo``tabar Nurmuhammedova

Maxsus muxbir

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1