1

ChILONZORDA 50 MING SO`M UChUN BOSQINChILIK QILGAN ShAXS QO`LGA OLINDI

Jinoyat 06.01.2018, 13:13
ChILONZORDA 50 MING SO`M UChUN BOSQINChILIK QILGAN ShAXS QO`LGA OLINDI

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy veb-saytida xabar qilinishicha, 2018 yilning 4 yanvar kuni taxminan soat 15:00 larda Ziyatov Sherzod Maxmadustovich bosqinchilik yo`li bilan o`zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida (Chilonzor tumani hududida joylashgan uylarning oralig`ida) fuqaro Rahimjonov Umarbek Razzoqovichga nisbatan pichoq ishlatish va tan jarohati etkazish bilan qo`rqitib, unga tegishli bo`lgan 50 ming so`m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Sh.M.Ziyatov ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik, ya`ni qurol sifatida foydalanish mumkin bo`lgan narsalarni ishlatib, o`zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismning har qanday o`xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

Diqqat !!!

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa,

«102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1