1

2011 YILDAN BUYoN QIDIRUVDA YuRGAN “ODAMFURUSh” AYoL QO`LGA OLINDI

Jinoyat 08.01.2018, 17:13
2011 YILDAN BUYoN QIDIRUVDA YuRGAN “ODAMFURUSh” AYoL QO`LGA OLINDI

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2011 yildan buyon qidiruvda bo`lgan Buxoro shaharda yashovchi, 1973 yilda tug`ilgan L.H. Birlashgan Arab Mamlakatlarining Dubay shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, tezkor xodimlar tomonidan qo`lga olindi. “Odamfurush ayol” O`zbekiston Respublikasiga ekstradisiya qilinib, unga nisbatan qonunlarda belgilangan jazoning muqarrarligini ta`minlash choralari ko`rildi.

O`tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2015 yildan buyon qidiruvda bo`lgan, G`ijduvon shahar M.Ashrafiy ko`chasi 72-uyda yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan A.O. Rossiya Federasiyasining Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo`lga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1