Ma`lumki, 2013 yilning 1 iyulidan muomalaga kiritlgan 5 ming so`mlik pul haqida ilk kunlardanoq hamyurtlarimiz o`rtasida mish-mishlar paydo bo`lgan.
Mish-mishlar ushbu banknotda nuqson borligi va kun kelib uning muomaladan olib tashlanishi haqida bo`ldi.
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasman bayonot berdi.
Bayonotda keltirilishicha, bu mish-mishlar asossiz besh ming so`mlik banknotning dizayni Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan va hech qanday nuqsoni yo`q. Bu haqda Uz24 nashri "Soliq Info" nashriga asoslangan holda xabar bergan.
Avvalroq "Darakchi.uz" tahririyati ham ushbu masalada Markaziy Bank matbuot xizmatiga murojaat qilgan biroq, ushbu murojaat javobsiz qolgan.





