AsosiyJamiyat

“Kafolat” kompaniyasi 2013 yilda shaxsiy sug`urta turlari bo`yicha qariyb 253 mingta shartnoma imzoladi

“Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug`urta kompaniyasi O`zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o`tkazdi.

“Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug`urta kompaniyasi mamlakatimiz sug`urta xizmatlari bozorida ishonchli va barqaror faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Kompaniya mamlakatimiz bo`ylab ixtiyoriy tibbiy, ipoteka sug`urtasi, banklar va bank ishini, eksport shartnomalarini kompleks sug`urtalash, ijaradagi ko`chmas mulkni sug`urtalash kabi 80 turdagi xizmat ko`rsatmoqda.

2013 yilda shaxsiy sug`urta turlari bo`yicha qariyb 253 mingta shartnoma imzolanib, 1,8 milliard so`mdan ziyod sug`urta puli kirim qilindi. Kompaniya tomonidan ushbu yo`nalishda olingan majburiyat qiymati 1 trillion so`mni tashkil etdi. Jismoniy shaxslarning 1900 dan ortiq arizasi qisqa muddatlarda ko`rib chiqilib, ular bo`yicha 426 million so`mdan ziyod mablag` to`langani kompaniyaning o`z ishiga mas`uliyat bilan yondashishidan dalolat beradi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, 2014 yilda “Sog`lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Bolajon”, “Salomatlik” va “Oilaviy” kabi yangi sug`urta turlari ishlab chiqilib, amaliyotga keng joriy etilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar