BUXORODA SAVDO DO`KONIDAN PULLARNI O`MARIB KETGAN AYoLLAR QO`LGA OLINDI

Jinoyat 10.01.2018, 11:53
 BUXORODA SAVDO DO`KONIDAN PULLARNI O`MARIB KETGAN AYoLLAR QO`LGA OLINDI

Qorako`l tuman IIBga, Qorako`l tumani, Regehaydar MFYda yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan Mehmonov Muxtor Rahmonovich ariza bilan murojaat qilib, noma`lum shaxslar Qorako`l shahar Dehqon bozorida joylashgan unga tegishli savdo do`konidagi stol ostida turgan sumkasidan 7.600.000 so`m naqd pullarini o`g`irlab ketganliklarini bildirgan edi.

Mazkur holat buyicha olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni, Buxoro shahar F.Xo`jaev MFY Qizilqum ko`chasi 66-uyda yashovchi lo`li millatiga mansub 3 nafar ayollar, 1982 yilda tug`ilgan Komilova Gulshoxidil Qudratovna, 1976 yilda tug`ilganQo`ldosheva Zuxra Askarovna va 1990 yilda tug`ilgan Eshonova Jamila Boqievnalar sodir qilganliklari aniqlanib, ulardan 7.600.000 so`m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushbu holat yuzasidan G.Komilova, Z.Qo`ldosheva va J.Eshonovalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1