AsosiyJamiyat

S&P O`zbekiston banklaridan biriga bergan reytingini qaytarib olishi mumkin

Standard & Poor’s xalqaro reyting agentligi O`zbekistondagi XOATB “Amirbank”ning kredit reytinglarini kuzatishni to`xtatdi, deya xabar beradi Gazeta.uz nashri.

Agentlikning bunday qarorga kelishiga sabab bankning so`nggi davrlar uchun moliyaviy hisobot, shuningdek, bugungi va kelgusidagi faoliyati to`g`risidagi boshqa ma`lumotlari o`z vaqtida taqdim etilmaganligidadir.

Samarqand “Amirbanki”ning ohirgi reyting darajasi “Barqaror” deya baholangan. Reytingni ushlab turish uchun bank o`zining moliyaviy hisobotlarini va faoliyat natijalarini taqdim etishi lozim, uch oy davomida bank tomonidan ushbu ma`lumotlar taqdim etilmagan taqdirda berilgan reyting qaytarib olinadi.

    Boshqa yangiliklar