1

Jinoyatchi inspektorning qulog`ini tishlab, uzib oldi (FOTO)

Jinoyat 13.01.2018, 17:32
Jinoyatchi inspektorning qulog`ini tishlab, uzib oldi (FOTO)

11 yanvar kuni Jinoyat ishlar bo`yicha Toshkent shahar Chilonzor tumani sudi tomonidan o`tkazilgan ochiq sayyor sudida 1988 yil 1 avgustda Buxoro viloyatida tug`ilgan Anvar Qodirovning jinoiy ishi bo`yicha sud hukmi o`qib eshittirildi. Bu haqda O`zEOAVMA axborot markazi muxbiri Muattar Murodova “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiyasi”ga xabar berdi.

2017 yil 2 sentyabr kuni soat 19:00 larda 1988 yil 1 avgustda Buxoro viloyatida tug`ilgan Anvar Qodirov Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Ahmad” kafesi ichki hududida ko`p miqdorda spirtli ichimlik iste`mol qilib, ofisiant bilan o`zaro janjal chiqargan holda jamiyatda yurish qoidalarini qasddan mensimasdan Chilonzor tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi profilaktika inspektori Sh. Kalmurzaevni besabab haqoratlab, qulog`ining bir bo`lagini tishlab, uzib olgan. Natijada “Engil tan jarohati” etkazib , bezorilik jinoyatini qasddan sodir qilgan.

Sudlanuvchi Anvar Qodirov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, Anvar Qodirovga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1