AsosiyDunyo

AQShda “Qurbaqa” laqabli xo`roz har kuni maktabdan qaytgan egasini kutib oladi (Video)

'AQShda “Qurbaqa” laqabli xo`roz har kuni maktabdan qaytgan egasini kutib oladi (Video)'ning rasmi

YouTube kanalida “Qurbaqa” (Frog) laqabli xo`roz mashhurlikka erishmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Kanalga joylashtirilgan videolardan birida Savanna ismli qizning maktabdan qaytishini xursandchilik bilan kutib olishi aks etgan videoni 6 kun mobaynida 170 ming foydalanuvchi tomosha qildi. Kadrda xo`roz avtobusdan tushgan qizning qo`lida xotirjam o`tirganligini ko`rish mumkin.

“Qurbaqa” (Frog) ning egalari uning videolarini nafaqat YouTube kanaliga joylashtirishadi, balki Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida unga akkauntlar ham ochishgan.



    Boshqa yangiliklar