O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O`zbekiston Respublikasi Oliy cudi tarkibiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida qaror qabul qildi.
Unga ko`ra, Raxat Aminbaevich Ismaylov, Gulnora Axatovna Parpieva, Shuxrat Esanbaevich Rajabov, Xasan Sunatillaevich Egamberdiev O`zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyalari etib saylandi.
Azamat Xojamuratovich Baymuratov boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi vazifasidan ozod qilindi.
Ushbu Qaror 11 apreldan e`tiboran kuchga kiradi.





