AsosiyDunyo

Chimkentdagi to`yda og`irligi 7 tonna narxi 179 ming dollar bo`lgan tort tayyorlandi (Video)

'Chimkentdagi to`yda og`irligi 7 tonna narxi 179 ming dollar bo`lgan tort tayyorlandi (Video)'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoq va OAVlarning barchasi Qozog`istonning Chimkent shahridagi to`lardan biri uchun tayyorlangan tort haqida gapirmoqda, deb xabar qildi Sputniknews-uz nashri.

Xabarda aytilishiga ko`ra, tortni Renat Agzamov ismli qandolatchi tayyorlagan. Torning og`irligi 1,5 tonna, diametri 3 metr, balandligi 4,2 metr. Narxi esa — 21 mln tenge yoki 179 000 dollarni tashkil qiladi.

Ushbu tortning oddiy tortlardan yana bir farqi — uning ustida haqiqiy qo`g`irchoq teatri namoyishi bo`lib o`tganidir.

Tortning usti chiroyli, bir necha qavatdan iborat o`yinchoq qasr bilan bezatilgan. Tort omma oldiga olib chiqilganidan keyin, ikki ot qo`shilgan chiroyli foytun qasr oldiga kelib to`xtadi. Undan kelin va kuyov tushib qasr ichiga kirishdi, so`ng qasrning uchinchi qavatiga chiqib, balkondan ko`rinishdi. Demak tort ichida lift ham o`rnatilgan ekan.


Boshqa yangiliklar