AsosiyDunyo

Turkmanistonda folbinlarga qarshi kurash olib borilmoqda

'Turkmanistonda folbinlarga qarshi kurash olib borilmoqda 'ning rasmi

Turkmaniston polisiyasi yangi yildan keyin folbinlarni ushlash va ularni jarimaga tortish ishlari bilan shug`ullanmoqda, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Xabarga ko`ra, qo`lga olingan folbinlar polisiya mahkamasiga olib kelinib, ularga nisbatan ma`muriy bayonnoma tuzilmoqda va ma`muriy jazo tarifasida 100 manat jarimaga tortilmoqda.

Manbaning ma`lumot berishicha, davlat g`aznasini to`ldirish maqsadida folbinlarga qarshi kurash olib borilmoqda. Shu bilan birga haydovchilik guvohnomasi olganligiga 5 yil to`lgan ayollarga nisbatan ham ma`muriy choralar ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar